среда, 16 января 2019 г.

Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi


Hadis eshitganlar eshitmaganlarga yetkazishi lozimligi

Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa’idga, u Makkaga vakillar
yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan
kunning ertasiga Rasululloh aytgan so‘zlarni senga aytib beray, bu so‘zlarni
aytayotganlarida ikki ko‘zim ko‘rib, ikki qulog‘im eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qilgan.
Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani
Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu
boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini
sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh
urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan,
bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi.
Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!»

Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh,
men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni
qutultirmaydi, o‘g‘rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada
Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb
hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi».

Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh
bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni
talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga
yetkazsinlar!»

39-bob. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida yolg‘on gap to‘qigan
odamnivg gunohi to‘g‘risida

Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘z aytmangiz, kimki aytsa, do‘zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar.

Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida
falonchi va pistonchi kabi so‘zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan
Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo‘lganman, o‘zlaridan eshitganman»,— dedi.
«Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!»
deganlar»,— dedi Abdulloh.

Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko‘p hadis aytib berardim-ku, lekin

Rasululloh aytgan bir so‘zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening
to‘g‘rimda yolg‘on so‘z to‘qisa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— deb aytganlar.

Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Farzandlaringizga ismimni qo‘yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymangizlar! Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar».

                                                                         

                                                             "AL-JOMI' AS-SAHIH" китобидан

Комментариев нет:

Отправить комментарий