IYMON KITOBI
1-bob. Iymon kitobi.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:”Islom 5 dalil asosiga
qurilgan.(Islomdan
murod iymon demakdir). Iymon so’zda ham ,amalda ham bo’lmog’i
kerak.
Iymon kuchaygaydir va susaygaydir”.
Dalili:
Olloh taolo Qur’oni Karimda:”Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga
hidoyatimizni
ziyoda qildik” va “Olloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda
qildi va ularga taqvo ato etdi”,-deb aytgan. Rasululloh sallolohu alayhi va
sallamning “Ollohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish
iymondandir.” Degan so’zlari ham iymonning mustahkamlanishi yoki susayishini
anglatadi.
Halifa
Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Adiyga bunday deb yozgan:”Albatta, iymonning ham
o’z farz va amallari,muayyan chegaralari,bajarilishi lozim bo’lgan sunnatlari
mavjuddir.Demak,
kimki bularga to’liq amal qilsa, iymoni mukammal bo’lgaydir,kimki
yetarli rioya
qilmasa, iymoni sust bo’lgaydir.Agar umrim uzoq bo’lsa,sizlarga bilib
olishlaringiz
uchun bular haqida birma-bir bayon qilarman,basharti vafot etsam,
suhbatingizga
mushtoqligim yo’q”.
Sahoba
Maoz:”Kel, biz bilan biroz o’tir, oymon haqida suhbatlashaylik!”-deganlar.
Ibn Umar
aytganlar:”Banda ko’ngliga kelgan har bir gunoh xavfi bor narsani tark
etmaguncha
taqvo haqiqatiga yeta olmaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va
sallam:”Islom
5 dalildan iborat”,-deganlar:
1.Kalimai
shahodat(aytmoq);
2.Namoz
o’qimoq;
3.Zakot
bermoq;
4.Haj
qilmoq(imkoni bo’lsa);
5.Ramazon
ro’zasini tutmoq”.
2-bob. Iymon shartlari.
Olloh
taolo aytadi:”Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G’arbga
qaratgan kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalriga, oxirat
kuniga,kitoblariga,
payg’ambarlariga
ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlarga,musofiru
tilamchilarga,
qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o’qigan va
zakot
bergan, Olloh bilan o’zi o’rtasidagi va bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo
qilgan,yetishmovchiliklarga
qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan
kishilardir.Mana
shunday sifatga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda
yaramas
xulqlardan o’zlarini ehtiyotlagaydirlar va o’zlariga yetuk insoniy fazilatlarni
mujassam
qilgaydirlar”. Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti:
— to’g’ri
e’tiqodli bo’lmoq;
—
kishilar bilan yahshi munosabatda bo’lmoq;
— kishi
o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chiniqtirmog’i. Kimki bularni
to’la o’zlashtirsa, iymonni mukammal bo’lgaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va
sallam iymon to’g’risida so’ralganda,yuqoridagi oyati karimani o’qigan edilar.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:
Iymon
daraxt yanlig’ 60dan ortiq shohga egadir.Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan
uyalmak
o’sha shohlardan bittasidir”.
3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga
ozor
bermagan
kishi musulmondir.Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo
yo’lida
jihod qilgan kishidir”.
4-bob. Islomda eng afzal amal qaysi?
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Yo Rasululloh,musulmonlarning
afzali
qaysi kishidir?”.”Qo’lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan
kishidir”,deb javob berdilar.
5-bob. Ochlarni to’yg’azish islomdandir.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Qaysi xislatlar islomda eng
yaxshidir?”.Aytdilar:”Ochlarga
taom bermog’ing va tanigan tanimaganingga salom
bermog’ing”
6-bob. O’zi yahshi ko’rgan narsani birodariga ravo
ko’rmoqlik iymondandir.
“O’zingiz
yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz
chinakam
mo’min bo’la olmaysiz”
7-bob. Sevishlik iymondandir.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Toki meni otangizdan ham , bolangizdan
ham,barcha odamlardan ham yaxshiroq ko’rmas ekansiz,birortangiz mo’min bo’la
olmaysiz”
8-bob. Iymon halovatiga erishmoq.
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Kimda quidagi uch xislat bo’lsa,unga
iymon
huzur-halovat baxsh etgaydir:
— Olloh
va Rasulini hammadan ko’ra yaxshi ko’rmoq;
— Yaxshi
ko’rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxhsi ko’rgani uchun) yaxhsi
ko’rmoq;
— Yomon
ko’rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko’rgani uchun) yomon
ko’rmoq”.
9-bob. Ansorlarni yaxshi ko’rish kishi iymonining
mukammalligi alomatidir
Rasululloh
sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Ansorlarni yaxshi ko’rmoq iymon
alomatidir,yomon
ko’rmoq munofiqlik belgisidir.”