воскресенье, 26 августа 2018 г.


IYMON KITOBI

1-bob. Iymon kitobi.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:”Islom 5 dalil asosiga
qurilgan.(Islomdan murod iymon demakdir). Iymon so’zda ham ,amalda ham bo’lmog’i
kerak. Iymon kuchaygaydir va susaygaydir”.
Dalili: Olloh taolo Qur’oni Karimda:”Iymonlarini yanada ziyoda qilsinlar, deb ularga
hidoyatimizni ziyoda qildik” va “Olloh taolo hidoyat topgan kishilarning hidoyatini ziyoda qildi va ularga taqvo ato etdi”,-deb aytgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning “Ollohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish iymondandir.” Degan so’zlari ham iymonning mustahkamlanishi yoki susayishini anglatadi.
Halifa Umar ibn Abdulaziz Adiy ibn Adiyga bunday deb yozgan:”Albatta, iymonning ham o’z farz va amallari,muayyan chegaralari,bajarilishi lozim bo’lgan sunnatlari
mavjuddir.Demak, kimki bularga to’liq amal qilsa, iymoni mukammal bo’lgaydir,kimki
yetarli rioya qilmasa, iymoni sust bo’lgaydir.Agar umrim uzoq bo’lsa,sizlarga bilib
olishlaringiz uchun bular haqida birma-bir bayon qilarman,basharti vafot etsam,
suhbatingizga mushtoqligim yo’q”.
Sahoba Maoz:”Kel, biz bilan biroz o’tir, oymon haqida suhbatlashaylik!”-deganlar.
Ibn Umar aytganlar:”Banda ko’ngliga kelgan har bir gunoh xavfi bor narsani tark
etmaguncha taqvo haqiqatiga yeta olmaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va
sallam:”Islom 5 dalildan iborat”,-deganlar:
1.Kalimai shahodat(aytmoq);
2.Namoz o’qimoq;
3.Zakot bermoq;
4.Haj qilmoq(imkoni bo’lsa);
5.Ramazon ro’zasini tutmoq”.



2-bob. Iymon shartlari.
Olloh taolo aytadi:”Yaxshi kishilar, ibodat vaqtida yuzlarini Sharqqa va G’arbga qaratgan kishilar emas, balki Olloh taologa, uning farishtalriga, oxirat kuniga,kitoblariga,
payg’ambarlariga ishongan, yaxshi ko’rgan mol-mulkini qarindoshlarga,musofiru
tilamchilarga, qulini ozod qilishga sarflagan hamda 5 vaqt namozni vaqtida o’qigan va
zakot bergan, Olloh bilan o’zi o’rtasidagi va bandalar o’rtasidagi ahdiga vafo
qilgan,yetishmovchiliklarga qanoat qilgan va boshiga kulfat tushganda bardosh bergan
kishilardir.Mana shunday sifatga ega bo’lganlar diniga sodiq odamlar bo’lib, kufr hamda
yaramas xulqlardan o’zlarini ehtiyotlagaydirlar va o’zlariga yetuk insoniy fazilatlarni
mujassam qilgaydirlar”. Iymonning mukammal bo’lmog’ining uch sharti:
— to’g’ri e’tiqodli bo’lmoq;
— kishilar bilan yahshi munosabatda bo’lmoq;
— kishi o’z ustida ishlamog’i va o’zini ibodat va itoatga chiniqtirmog’i. Kimki bularni to’la o’zlashtirsa, iymonni mukammal bo’lgaydir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam iymon to’g’risida so’ralganda,yuqoridagi oyati karimani o’qigan edilar.
Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar:
Iymon daraxt yanlig’ 60dan ortiq shohga egadir.Gunoh qilmoqqa Olloh va bandalardan
uyalmak o’sha shohlardan bittasidir”.




3-bob. Birovga zarari tegmagan kishi musulmondir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Qo’li bilan va tili bilan o’zgalarga ozor
bermagan kishi musulmondir.Olloh taola man etgan narsalardan qaytgan kishi Xudo
yo’lida jihod qilgan kishidir”.

4-bob. Islomda eng afzal amal qaysi?

Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Yo Rasululloh,musulmonlarning
afzali qaysi kishidir?”.”Qo’lidan va tilidan boshqa musulmonlar ozor topmagan kishidir”,deb javob berdilar.

5-bob. Ochlarni to’yg’azish islomdandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar:”Qaysi xislatlar islomda eng
yaxshidir?”.Aytdilar:”Ochlarga taom bermog’ing va tanigan tanimaganingga salom
bermog’ing”

6-bob. O’zi yahshi ko’rgan narsani birodariga ravo ko’rmoqlik iymondandir.

“O’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz
chinakam mo’min bo’la olmaysiz”

7-bob. Sevishlik iymondandir.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Toki meni otangizdan ham , bolangizdan ham,barcha odamlardan ham yaxshiroq ko’rmas ekansiz,birortangiz mo’min bo’la olmaysiz”

8-bob. Iymon halovatiga erishmoq.

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Kimda quidagi uch xislat bo’lsa,unga
iymon huzur-halovat baxsh etgaydir:

— Olloh va Rasulini hammadan ko’ra yaxshi ko’rmoq;
— Yaxshi ko’rgan kishisini faqat Ollohmi deb(Olloh yaxhsi ko’rgani uchun) yaxhsi
ko’rmoq;
— Yomon ko’rgan kishisini faqat Ollohni deb(Olloh yomon ko’rgani uchun) yomon
ko’rmoq”.

9-bob. Ansorlarni yaxshi ko’rish kishi iymonining mukammalligi alomatidir

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:”Ansorlarni yaxshi ko’rmoq iymon
alomatidir,yomon ko’rmoq munofiqlik belgisidir.”

Комментариев нет:

Отправить комментарий